Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Britaniya konservatorlarining 60% dan ortig‘i Truss uchun ovoz berish niyatida

Britaniya konservatorlarining 60% dan ortig‘i Truss uchun ovoz berish niyatida

Opinium bozor tadqiqoti va tahlil agentligi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, Britaniya Konservativ partiyasi a’zolarining 60 foizdan ortig‘i yangi bosh vazir saylovida tashqi ishlar vaziri Liz Trussga ovoz berish niyatida.

So‘rov natijalariga ko‘ra, konservatorlarning 61 foizi Truss uchun, 39 foizi sobiq moliya vaziri Rishi Sunak uchun ovoz berishmoqchi.

So‘rov 8-12 avgust kunlari o‘tkazilgan va unda Konservativ partiyaning 570 nafar a’zosi ishtirok etgan.

Kiritildi: 09:44 14.08.2022. O'qildi: 1682 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!