Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Jon Xili Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Isroilga qurol embargosi joriy etish taklifini qo‘llab-quvvatlamadi.
Avvalroq Makron Isroilga G‘azo sektorida harbiy amaliyotlar o‘tkazishda foydalaniladigan qurol-yarog‘ yetkazib berishni to‘xtatishga chaqirib, bunday qadamni mintaqadagi vaziyatni tartibga solishning ustuvor yo‘nalishi deb atagan edi. "Yo‘q, biz boshqa tizim ostida ishlaymiz", dedi Xili intervyuda Isroilga qurol embargosini joriy etish zarurligi haqidagi savolga javoban.