Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Britaniya hukumati ISHID jangarilarini adolatli sud qilinishi tarafdori bo‘lmoqda

Britaniya hukumati ISHID jangarilarini adolatli sud qilinishi tarafdori bo‘lmoqda

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Tereza Mey ikki nafar ISHID jangarilariga nisbatan adolatli hukm chiqarilishini talab qilmoqda, deydi siyosatchining matbuot kotibi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bergan.
Ma’lum qilinishicha, Bosh vazirning Matbuot xizmati tarqatgan shunday bayonotdan so‘ng, mahalliy ingliz OAV Britaniya hukumati jangarilarni sud qilish uchun AQShga jo‘natilishi to‘g‘risida axborot berdi.

Daily Telegraph xabarida aytilishicha, Britaniya Ichki ishlar vaziri Sajid Javid jangarilarni AQShga jo‘natish uchun hukumatdagi o‘lim jazosiga qarshilarning talablarini inobatga olmadi. Og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan Aleksanda Kotey va Al-Shafi Elshayx g‘arblik asirlarni o‘ldirganlikda gumon qilinmoqda.

Meyning matbuot kotibi Britaniya bu masalada AQSh bilan yagona yechim topishini, ularga nisbatan albatta jinoiy jazo qo‘llanilishini ham qo‘shib qo‘ydi.​

Manba: kun.uz

Kiritildi: 21:32 23.07.2018. O'qildi: 1299 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!