Buyuk Britaniya Bosh vazirining sobiq o‘rinbosari va sobiq uy-joy vaziri Anjela Reyner Keyr Starmerga qarshi fitna uyushtirmoqda, deb xabar berdi The Sunday Telegraph nashri manbalariga tayanib.
Nashrga ko‘ra, Reyner Leyboristlar partiyasi deputatlarini o‘z rejasini qo‘llab-quvvatlashga chorlamoqda, bunga ҷavoban ularga vazirlar mahkamasida yuqori lavozimlar taklif qilmoqda. Manbalarning aytishicha, uning harakatlarini kasaba uyushmalari qo‘llab-quvvatlashi ham mumkin.
Shuningdek, maqolaga ko‘ra, Reyner partiyaning chap qanoti, jumladan, 70 ga yaqin amaldagi deputat tarafdorligiga tayanishi mumkin.
Biroq Reynerga yaqin bo‘lgan manba bu ma’lumotlarni “to‘liq behayolik” deb baholab, siyosatchi hozircha o‘z mahalliy jamoasining manfaatlarini ifoda etishga e’tibor qaratganini aytgan.