14 iyul kuni savdo jarayonida Brent neftining narxi bir barrel uchun 87,5 dollardan oshib, oylik maksimumni yangiladi.
AQSh va Eron o‘rtasidagi faol harbiy harakatlar hamda Ho‘rmuz bo‘g‘ozining amalda yopilishi narxlarning o‘sishiga turtki bo‘ldi, deya ta’kidlamoqda tahlilchilar.
Ular yuqori narx tebranishi saqlanib qolishini kutishmoqda. Agar kelishuvlarga erishilmasa, AQShdagi neft zaxiralari 2003 yil o‘rtalaridan buyon eng past darajaga tushib ketgani hisobga olinsa, neft kotirovkalari bir barrel uchun 100 dollargacha ko‘tarilishi mumkin.