Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Braziliyada yana rekord:  Bir kunda 33 mingdan ortiq kishida koronavirus aniqlandi

Braziliyada yana rekord:  Bir kunda 33 mingdan ortiq kishida koronavirus aniqlandi

Braziliyada o‘tgan sutkada koronavirusni yuqtirgan 33 274 nafar yangi bemor aniqlandi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Uch kundirki, Braziliyada virusni yuqtirish bo‘yicha «kunlik rekordlar» yangilanyapti: payshanba kuni — 26 417 ta holat, juma kuni — 26 928 ta holat.

Eng so‘nggi ma’lumotga ko‘ra, mamlakatda koronavirus kasalligiga chalinganlarning jami soni 499 966 nafarga yetdi va busalkam yarim million nafar degani.

Sutka davomida vafot etganlar soni ham ko‘payib 956 nafarni tashkil etib, pandemiya boshlanganidan beri 28 849 nafarga yetdi. Tuzalganlar — 200 ming nafar.

Eslatib o‘tamiz, Braziliya koronavirusni yuqtirish holatlari bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni,  vafot etganlar soni bo‘yicha AQSH, Britaniya va Italiyadan keyin 4-o‘rinni egallamoqda. 

Kiritildi: 11:25 31.05.2020. O'qildi: 2470 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!