“Squawka” nashrining yozishicha, Braziliya terma jamoasi Neymarning jarohat olganini tasdiqladi.
Terma jamoaning bosh shifokori Rodrigo Lasmarning aytishicha, Neymar Shveysariya bilan o‘yindan keyin boldir suyagi og‘riyotganidan shikoyat qilgan. “U ayni damda fizioterapiya muolajalarini olmoqda, ammo terma jamoa bilan birga shug‘ullanishni to‘xtatgani yo‘q”, dedi vrach.