Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Braziliya prezidenti Lula da Silvaga teri saratoni tashxisi qo‘yildi

Braziliya prezidenti Lula da Silvaga teri saratoni tashxisi qo‘yildi

Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silvaga teri saratoni tashxisi qo‘yildi.

Ma’lum qilinishicha, prezident 15 ta nur terapiyasi seansidan o‘tadi. Davolanishning birinchi bosqichi dushanba kuni boshlangan.

Shifokorlar prezidentda bazal hujayrali karsinoma aniqlanganini bildirishdi. Bu teri saratonining eng keng tarqalgan turlaridan biri bo‘lib, past agressivlik darajasiga ega va erta aniqlanganda davolanish ehtimoli yuqori hisoblanadi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, kasallik Lula da Silvada ilk bosqichda aniqlangan.

Kiritildi: 23:31 25.05.2026. O'qildi: 188 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!