Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Boysunda haydovchi o‘z o‘limiga o‘zi sababchi bo‘ldi

Boysunda haydovchi o‘z o‘limiga o‘zi sababchi bo‘ldi

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida 9 oktyabr kuni yo‘l transport hodisasi oqibatida haydovchi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, haydovchi tezlik yuqori bo‘lgani sabab boshqaruvni yo‘qotgan va mashina yo‘l chetiga chiqib, chuqurlikka ag‘darilib ketgan. Oqibatda u halok bo‘lgan, bir nafar yo‘lovchi esa og‘ir tan jarohati olgan.

Qayd etilishicha, voqea joyi o‘rganilganda yotiq chiziqlar chizilgani, yo‘l belgilari o‘rnatilgani va yo‘lni ikki tomonga ajratuvchi to‘siqlar mavjudligi aniqlangan. YTHga haydovchining yetarli tajribaga ega bo‘lmagani va tezlikni me’yordan oshirib harakatlangani sabab bo‘lgan.

Kiritildi: 17:43 10.10.2021. O'qildi: 3957 marta. Fikrlar soni: 4 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!