Bugun 12 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

Boy va kambag‘alni faqat pul ajratmaydi – Ekspert

A A A
Boy va kambag‘alni faqat pul ajratmaydi – Ekspert
Amerikalik psixolog olim Xarv Eker uzoq kuzatishlar olib borib, boy, o‘rtahol va kambag‘al insonlar o‘rtasidagi psixologik farqni o‘rgandi. Natijada insonning millioner yoki kambag‘al bo‘lishi uning mehnatiga yoki bilimiga bog‘liq emasligi aniqlandi. Chunki ko‘p narsa insonning psixologiyasiga va qanday fikrlashiga borib taqaladi.

Xarv Eker quyidagicha fikr bildiradi:

Agar butun dunyo aholisi boyligini tortib olib, keyin qaytadan barchaga teng taqsimlab bersak nima bo‘ladi? Albatta, avvalgi boylar na boy, kambag‘allar esa kambag‘al bo‘lib qoladi .

Bunga sabab nima?

Sababi, juda ko‘p narsa fikrlash va dunyoqarashga bog‘liq. Shu sababli o‘z psixologiyasini vaqtida ijobiy tomonga o‘zgartira olgan inson hayotini ham o‘zgartira oladi. Masalan:
  • boy inson har bir narsaning foyda tomonini o‘ylaydi. Kambag‘al esa salbiy tomonini;
  • boylar ko‘proq pul topish haqida, kambag‘allar bor pulini ko‘proq sarflash haqida o‘ylaydi;
  • juda ko‘p boy insonlar doimiy ilm olishga intiladi. Kambag‘al insonlar esa hamma narsani bilaman deb o‘ylaydi;
  • boylar mehnati va natijasiga qarab daromad olishni, kambag‘allar esa ishlagan vaqtiga qarab pul topishni ma’qul ko‘radi;
  • puli ko‘p insonlar muvaffaqiyatli insonlarga havas qilsa, puli kam insonlar hasad o‘tida yonib yuradi;
  • boylar ko‘proq pul topish uchun tinimsiz harakat qiladi. Kambag‘allar esa vaqtini boy bo‘lishni orzu qilish bilan o‘tkazib yuboradi;
  • boy insonlar global muammolar haqida o‘ylashsa, kambag‘al insonlar kichik muammolardan siqilib o‘z sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yishadi;
  • boylar faqat g‘alabaga intiladi. Kambag‘allar esa yutqazib qo‘ymaslik yo‘llarini izlaydi;
  • boy insonlar tavakkal qilishdan qo‘rqmaydi. Kambag‘al insonlar esa yetti o‘lchab, bir kesishni yaxshi ko‘radi.

Aslida juda ko‘p narsa insonning o‘ziga bog‘liq. Dangasalik, mehnatdan qochish muvaffaqiyatsizlikka yetaklaydi. Shu sababli Xudo qachon berar ekan deb emas, harakat qilganga Xudo beradi deb yashashga moslashish lozim!
Mnba: qalampir.com
Kiritildi: 08:49 24.12.2018. O'qildi: 7338 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!