Buxoro shahrida prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Yig‘ilishda deputatlar prezident tomonidan tavsiya etilgan Botir Zaripovning nomzodini qo‘llab-quvvatladilar.
Botir Zaripov 2020 yil 7 noyabr kuni viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi. Ungacha u «O‘zqurilishmateriallari» uyushmasi raisi lavozimida faoliyat olib borgan.