Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

“Boshlandi”: Poroshenkoga nisbatan davlatga xiyonat moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

“Boshlandi”: Poroshenkoga nisbatan davlatga xiyonat moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Ukraina davlat tergov byurosi Ukraina sobiq prezidenti Pyotr Poroshenkoga nisbatan davlatga xiyonat ayblovi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda RIA Novosti DTB direktorining birinchi o‘rinbosari Olga Varchenkoga asoslangan holda xabar qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, tergov ishlari Andrey Portnov arizasi asosida boshlangan. Portnov Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovich ma’muriyati sobiq rahbarining o‘rinbosari bo‘lgan.

Xabarda yozilishiga ko‘ra, so‘z 2018 yilning 25 noyabr kuni sodir bo‘lgan hodisa haqida bormoqda. 25 noyabr kuni ertalab Ukraina harbiy-dengiz kuchlarining “Berdyansk”, “Nikopol” va “Yani Kapu” kemalari Rossiya chegarasini noqonuniy kesib o‘tib, Rossiyaning hududiy suvlariga kirgan. Qora dengizdan Kerch bo‘g‘ozi bo‘ylab harakat qilishgan. Ular Rossiya harbiylarining talablariga bo‘ysunishmagan va natijada qo‘lga olingan.

 

Kiritildi: 17:16 21.05.2019. O'qildi: 2987 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!