Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Boris Jonson yana o‘zini-o‘zi yakkalash rejimiga o‘tdi

Boris Jonson yana o‘zini-o‘zi yakkalash rejimiga o‘tdi

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson koronavirusga chalingan bemor bilan aloqada bo‘lganidan keyin o‘zini izolyasiya qildi. Bosh vazirning o‘zida kasallik alomatlari yo‘q va u o‘zini yaxshi his qilmoqda deb yozadi Dauning Strit.

12 noyabr kuni Jonson deputatlar bilan uchrashuv o‘tkazgan edi, unda Li Anderson qatnashgan va unda koronavirus aniqlangan.

Ta’kidlanishicha, Jonson Dauning-Stritdagi qarorgohida o‘zini-o‘zi izolyasiya qilishni boshlagan. U yerdan Britaniya Bosh vaziri o‘z ishlarini davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, Jonson koronavirusni bahorda yuqtirib olib, davolanib chiqqan edi.

Kiritildi: 08:15 17.11.2020. O'qildi: 1693 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!