Rejalashtirilgan inguinal churra operasiyasini muvaffaqiyatli o‘tkazgan Braziliyaning sobiq prezidenti (2019-2022) Jair Bolsonaro o‘z o‘g‘li Flavioni 2026 yilgi prezidentlik sayloviga ma’qulladi.
Reuters agentligiga tayanib xabar berishicha, u operasiyadan keyin shifoxonada jurnalistlarga shunday bayonot berdi.
Operasiyani amalga oshirgan jarroh Klaudio Birolini "Operasiya reja bo‘yicha, asoratsiz o‘tdi" - dedi.
Shifokorning qo‘shimcha qilishicha, Bolsonaro reabilitasiya jarayoni, jumladan, fizioterapiya va tromboz profilaktikasidan o‘tadi. Shuningdek, 2018 yilgi suiqasddan so‘ng, saylovoldi tashviqoti chog‘ida qorin qismiga pichoq urilganidan beri qiynalayotgan hiqichoqlardan xalos bo‘lish uchun yaqin kunlarda yana bir prosedura kerak bo‘lishi mumkin.
Jair Bolsonaro Braziliya Oliy Federal sudining ruxsati bilan kasalxonaga yotqizilgan. Siyosatchi avvalroq davlat to‘ntarishiga urinish uchun 27 yildan ortiq qamoq jazosiga hukm qilingan, biroq rasmiylar unga jarrohlik amaliyoti uchun qamoqxonani vaqtincha tark etishga ruxsat bergan. Qayta tiklanganidan keyin u jazoni o‘tashda davom etadi.