Dara (Darina Yotova) 70-marta o‘tkazilgan “EvrovideniYE” tanlovining g‘olibiga aylandi. Tanlovning final bosqichi 17 mayga o‘tar kechasi Venada bo‘lib o‘tdi.
Bolgariyalik xonanda “Bangaranga” qo‘shig‘i bilan 516 ball to‘pladi va ikkinchi o‘rinni egallagan isroillik musiqachi Naom Bettanni 173 ballga ortda qoldirdi.
Uchinchi o‘rinni ruminiyalik ijrochi Aleksandra Kepitesnesku egalladi.
Ispaniya, Irlandiya, Niderlandiya, Islandiya va Sloveniya Isroilning tanlovda qatnashishiga ruxsat berilishiga norozilik sifatida “EvrovideniYE-2026”ni boykot qilgan edi. Bu shouning 70 yillik tarixidagi eng yirik boykot hisoblanadi.