Bugun 20 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Bolgariya prezidenti iste’foga chiqishini e’lon qildi

Bolgariya prezidenti iste’foga chiqishini e’lon qildi

Bolgariya prezidenti Rumen Radev iste’foga chiqishini e’lon qildi.

Bu haqda Bolgariya rahbari Facebook sahifasida jonli efirda namoyish etilgan xalqqa murojaatida ma’lum qildi.

"Bugun, oxirgi marta sizga Bolgariya prezidenti sifatida murojaat qilaman. Kechirim so‘ramoqchiman. Vaqt sizning ishonchingizni sinovdan o‘tkazdi va sabringiz uchun minnatdorman", dedi Radev.

U xatolarga yo‘l qo‘yganini va "ishni oxirigacha ko‘ra olmaganini" ta’kidladi.

"Ammo biz muvaffaqiyatga erishishimizga ishonishim bu qarorning asosiy sabablaridan biridir. Ertaga men Bolgariya Respublikasi prezidenti lavozimidan iste’foga chiqaman. Ishonchim komilki, Iliana Yotova (Bolgariya vise-prezidenti) munosib davlat rahbari bo‘ladi va men unga so‘nggi to‘qqiz yil ichida ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman", deb qo‘shimcha qildi Radev.

Kiritildi: Bugun 08:10. O'qildi: 453 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!