Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Bolalar 5 yoshdan maktabga borishlari mumkin

A A A
Bolalar 5 yoshdan maktabga borishlari mumkin

Qozog‘iston ta’lim va fan vazirligi bolalarni maktablarning birinchi sinfga qabul qilish bo‘yicha yangi qoidani tasdiqladi. Bu haqda «Ca-news.org» xabar bermoqda.

Vazirlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, barcha maktablar 7 yoshli bolalarni, shu bilan birga, joriy taqvim bo‘yicha olti yoshli bolalarni, bilim darajasidan qat’i nazar, ta’lim maskani atrofida yashayotgan bo‘lsa bas — birinchi sinfga qabul qiladi.

Sentyabr-dekabr oylarida tug‘ilgan bolalar, agar yil oxirigacha 6 yoshga to‘lsa, birinchi sinfga borishlari mumkin.

Agar shunday bolalar birinchi sinfga qabul qilinmasa, bu haqda ota-onalar Xalq ta’limi vazirligining o‘zlari yashayotgan hududdagi quyi bo‘g‘inlariga shikoyat qilishlari mumkin.

Hujjatlar shu yil 1 iyundan 30 avgustga qadar qabul qilinadi.

Birinchi sinfga qabul hujjatlari orasidan yashash joyidan ma’lumotnoma chiqarib tashlandi.

Kiritildi: 02:05 29.05.2018. O'qildi: 2170 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik