Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Boks. Shahobiddin Zoirov revanshda ham mag‘lubiyatga uchradi

Boks. Shahobiddin Zoirov revanshda ham mag‘lubiyatga uchradi

Xabaringiz bor, 2024 yilning 6 dekabr kuni taniqli bokschimiz Shahobiddin Zoirov "IBA Champions Night 13" oqshomida venesuelalik Yoel Finolga qarshi jang o‘tkazgan edi.

O‘sha to‘qnashuvda hamyurtimiz raqibidan faolroq harakat qilganiga qaramay, yakunda hakamlar g‘oliblikni Venesuela vakiliga taqdim etishgandi.

Bahs natijasi esa ko‘plab e’tirozlarga sabab bo‘lgani bois IBA rahbari - Umar Kremlyovning shaxsan o‘zi ushbu masala bilan shug‘ullanishini ma’lum qilgandi.

Vanihoyat, bugun barchasi hal etilishi kerak edi.

Biroq biroz avval "IBA Champions Night" oqshomida ringga ko‘tarilgan Zoirov ochkolar bo‘yicha Yoel Finoldan yana mag‘lubiyatga uchradi. Vakilimiz faolroq harakat qilganiga qaramay, hakamlar negadir venesuelalik charm qo‘lqop ustasini g‘olib, deb topdi.

Kiritildi: 23:47 12.12.2025. O'qildi: 934 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!