Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

BMTga borish uchun rossiyalik diplomatlarga viza berilmagan...

A A A
BMTga borish uchun rossiyalik diplomatlarga viza berilmagan...

AQSh Prezidenti Donald Tramp BMTga kelish uchun rossiyalik diplomatlarga viza berilmaganiga oid masala bilan shaxsan o‘zi shug‘ullanishga va’da berdi.

Bu haqda Rossiyaning xalqaro tashkilotdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya ma’lum qildi, deyiladi TASS xabarida. Nebenzya Tramp bilan uchrashuvda shu haqda so‘ragan, Tramp esa bundan bexabar ekanini aytib, bu masalaga oydinlik kiritishga va’da bergan.

Avvalroq BMT Bosh assambleyasida ishtirok etuvchi rossiyalik diplomatlarga viza berilmagani ma’lum qilingandi.

Kiritildi: 06:30 09.12.2019. O'qildi: 1614 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!