Bugun 23 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

BMT tinchlikparvar kuchlari Ukrainani himoya qila olmaydi

BMT tinchlikparvar kuchlari Ukrainani himoya qila olmaydi

Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Chexiya prezidenti Petr Pavel bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

" Hurmat bilan, BMT bizni ishg‘oldan yoki Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yana kelish istagidan himoya qilmaydi. Biz BMTni kontingent yoki xavfsizlik kafolatlariga muqobil ko‘rmayapmiz " , - dedi Ukraina rahbari.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina BMT bilan muloqotni davom ettiradi, ammo tinchlikparvarlik missiyasiga agressiyani tiyishning samarali vositasi sifatida ishonmaydi. Zelenskiy shuningdek, Moskva allaqachon barcha xalqaro normalarni buzganini va uning rahbariyati BMT qarorlaridan qo‘rqmasligini ta’kidladi.

Kiritildi: 02:59 22.03.2025. O'qildi: 1034 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!