WSJ nashrining yozishicha, AQSh va Xitoy tomonidan majburiy badallarning o‘z vaqtida to‘lanmagani BMTning moliyaviy ahvoliga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan.
Ma’lum qilinishicha, AQShning qarzdorligi $4 mlrdni, Xitoyniki esa $455 mlnni tashkil etadi.
Mablag‘ taqchilligi sabab tashkilot kotibiyatida minglab ish o‘rinlari qisqartirilgan, ayrim xarajatlarni kamaytirish choralari ko‘rilgan.