Tramp va Putin suhbatlashgandan so‘ng, Yevropa davlatlari Ukraina bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etish istagini bildirdi.
"Biz AQSh bilan bu masalani birgalikda muhokama qilishni kutyapmiz. Ukraina va Yevropa har qanday muzokaralarning ajralmas qismi bo‘lishi kerak", — deyiladi qo‘shma bayonotda.
Fransiya, Germaniya, Polsha, Italiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqining rasmiy idoralari bu pozisiyani qo‘llab-quvvatladi.