Bugun 2 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Biz bilgan "Nu, pogodi" multfilmi nega taqiqlangan?

A A A
Biz bilgan "Nu, pogodi" multfilmi nega taqiqlangan?

«RAMBLER»ning yozishicha, «Senimi, shoshmay tur!» uzoq yillar bolajonlarning sevimli multiplikasion seriali bo‘lib kelgan. Tomoshabinlar bo‘rining quyonni tinimsiz quvishini, pirovard natijada ustomon quyon hamisha beshikast qolganini, yaramas bo‘ri esa har bir seriyaning oxirida jahl bilan «Senimi, quyon, shoshmay tur!» deb baqirishini katta qiziqish bilan kuzatishgan.

Bir qarashda, komediyali multserialning nima yomon tomoni bor deysiz? To‘g‘ri, faqat hamma davlatlarda ham «Senimi, shoshmay tur!»ni quchoq ochib kutib olishmadi. Finlyandiyada 80-yillarda mahalliy telekanalarda serialni umuman namoyish qilishni taqiqlab qo‘ydi.

Negaki, davlat komissiyasi serialni haddan tashqari shafqatsiz deb baholadi. Finlarning fikricha, quyon aslida shafqatsiz va zararkunanda, bo‘ri esa uni deb qiynalishga majbur. Ustiga-ustak, bu serial haddan tashqari berahmlikda ayblangan yagona holat emas.

2012 yili Rossiyada multserialni «18+» toifasiga kiritish hamda uni televideniyeda 23:00 dan keyin namoyish etish haqida mish-mishlar tarqaldi. Hammasiga «zo‘ravonlik va chekish sahnalari» sabab bo‘ldi. 2012 yil 1 sentyabrda bolalarni sog‘ligi va rivojlanishiga zarar yetkazuvchi axborotlardan himoya qilish haqidagi qonun kuchga kirgandan so‘ng yuz berdi.

Qizig‘i shundaki, 2014 yili multserial rossiyaliklar orasida mashhurlik bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi.

Kiritildi: 15:17 23.09.2019. O'qildi: 8281 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!