Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Bitta sayohatchining parvozi qancha dengiz muzi erib ketishiga sabab bo‘ladi?

Bitta sayohatchining parvozi qancha dengiz muzi erib ketishiga sabab bo‘ladi?

Oddiy biznes safarlari natijasida yuzaga keladigan ekologik yo‘qotishlarni batafsil bayon etadigan bunday statistika yangi veb-sayt “Shameplane.com” da e’lon qilinadi, bundan asosiy maqsad sayohatchining parvozi oqibatida qancha dengiz muzi erib ketishini hisoblashdir.

Mart oyida yaratilganidan buyon saytga dunyoning 120 mamlakatlaridan tashrif buyurilmoqda. Shameplane.com Shvesiyaning "flygskam" yoki "flight shame" konsepsiyasini keng yoyadi, ya’ni parvoz natijasida yuzga keladigan ekologik havf ko‘lami hisoblanadi va saytda e’lon qilinadi. Bu konsepsiyaga ko‘ra, insoniyat yer kurrasini saqlab qolish uchun samalyotlar orqali parvoz qilishni to‘xtatishi kerak. 

Loyiha mualliflaridan biri Viktor Myullerning aytishicha, u saytning bunday mashxur bo‘lib ketishini kutmagan. Bugungi kunga qadar saytga dunyo bo‘ylab 30 000 nafar internet foydalanuvchisi tashrif buyurgan.

Kiritildi: 07:30 10.08.2019. O'qildi: 1412 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!