Bugun 30 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Bir guruh san’atkorlarga Prezident sovg‘asi topshirildi

A A A
Bir guruh san’atkorlarga Prezident sovg‘asi topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida milliy madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo‘shgan san’atkorlar, o‘zbek san’atini dunyoga tanitayotgan yosh ijodkorlarni rag‘batlantirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridan kelgan 20 nafar ijodkor Prezident sovg‘asi – eng kam oylik ish haqining 50 barobari miqdorida pul mukofoti va sertifikat bilan taqdirlandi.

– Prezidentimizning yuksak e’tirofiga sazovor bo‘lgan ustoz san’atkorlar orasida ekanimdan baxtiyorman, – deydi O‘zbekiston orkestrlari birlashmasining Milliy simfonik orkestri oliy toifali artisti Zahro Abdunazarova. – 22 yildan buyon milliy simfonik yo‘nalishida ijod qilib kelaman. Bizga ko‘rsatilayotgan bu kabi yuksak e’tibor va rag‘batdan ilhom olib, kelajakda san’at sohasida yanada samarali mehnat qilamiz.

Manba: uza.uz

Kiritildi: 22:20 27.09.2018. O'qildi: 1475 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik