Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Bill Geytsdan tavsiya: Mutolaa uchun beshta kitob

Bill Geytsdan tavsiya: Mutolaa uchun beshta kitob

“Microsoft ” asoschisi, dunyoning 2-raqamli eng badavlat odami Bill Geyts 2018 yilda o‘zi o‘qigan asarlar orasidan beshtasini saralab mutolaa uchun tavsiya qildi.  U har doim o‘z blogi orqali qiziqarli kitoblar haqida ma’lumot berishni an’anaga aylantirgan.

“Bu yilgi kitoblar ro‘yxatida eklektik mazmundagi asarlar joy olgan. Ularda insonga ruhiy quvvat bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi, bu yerda har kim o‘zi uchun nimadir olishi mumkin. Agar yaqinlaringizni o‘ziga xos tuhfa bilan hayron qoldirmoqchi bo‘lsangiz, ro‘yxatdagi kitoblarni tanlab adashmaysiz”, deydi Geyts.

Geyts mutolaa uchun birinchilardan bo‘lib Tara Vestoverning “O‘quvchi” (“Educated”) asarini tavsiya qiladi. “Tara 17 yoshigacha umuman maktabga bormagan. Shunga qaramay Taraning yozuvchilik qobiliyatiga tan berish kerak. U asarda o‘zining nochor bolaligi haqida yozish bilan meni hayotim haqida teranroq o‘ylashga undadi”, - deydi Bill.

Bundan tashqari, Bill Geyts Pol Sherrening sun’iy aql haqidagi “Hech kimi yo‘q armiya” (“Army Of None ”) kitobini, Jon Karreyruning turli xil hiyla va firibgarliklardan tortib murakkab oilaviy munosabatlar haqida hikoya qiluvchi “Yomon qon” (“Bad Blood”) asarini o‘qishni maslahat beradi.

Shuningdek, Yuval Noa Xararining “21- asr uchun 21 dars” (“21 Lessons For The 21st Century”) va Endi Paddikombning “Mantiq va meditasiya qo‘llanmasi” (“The Headspace Guide to Meditation and Mindfulness ”) kitoblari aytib o‘tilgan.

Ro‘yxatga kiritilgan kitoblar olam va o‘zlikni anglashga, insoniyat duch kelayotgan muammolar haqida chuqur mulohaza qilishga asos yaradi, deb ta’kidlaydi.

Turon24

Kiritildi: 14:15 06.12.2018. O'qildi: 1923 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!