Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Bill Geyts hamon dunyodagi boy odam bo‘lishi mumkin edi, agar...

Bill Geyts hamon dunyodagi boy odam bo‘lishi mumkin edi, agar...

Bill Geyts Microsoft aksiyalarini sotmaganida, bugungi kunda boyligi 1,2–1,5 trln dollarga yetishi mumkin edi.

2014 yilda Uorren Baffet unga barcha pullarini bir joyda to‘plamasdan, Microsoftdagi ulushini kamaytirishni maslahat bergan.

Sarmoyalar qirolining gapiga quloq tutgan Geyts o‘z aksiyalar portfelini diversifikasiya qiladi. Bozordagi xatarlar nuqtai nazaridan oqilona, ammo yo‘qotilgan foyda tomonlama juda qimmatga tushgan qaror.

Bill Geyts hamon dunyodagi boy odam bo‘lishi mumkin edi, agar...

Albatta, uzoq yillar eng boy inson maqomini saqlab kelgan Geyts «birinchi trillioner» bo‘lishga aslo oshiqmagan, milliardlab pullarini xayriyaga sarflab kelayotganini ham unutmaslik kerak.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan kuni Forbes «birinchi trillioner» bo‘lishga da’vogar Ilon Maskning boyligi 749 milliard dollarga yetganini ma’lum qildi.

Kiritildi: Bugun 13:41. O'qildi: 354 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!