Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Berlinning Kiyevga harbiy yordami rekord darajada oshdi

Berlinning Kiyevga harbiy yordami rekord darajada oshdi

Ukrainaning Germaniyadagi elchisi Aleksey Makeevning so‘zlariga ko‘ra, Germaniyaning yangi federal hukumati Kiyevni qo‘llab-quvvatlashni "kam miqdor, ham sifat jihatidan" oshirgan, biroq tafsilotlar endi ommaviy ravishda ochiqlanmayapti. Shu bilan birga, Makeev 500 km gacha masofaga uchuvchi "TAURUS" qanotli raketalarini Ukrainaga berish rad etilgani urush borishi uchun endi hal qiluvchi ahamiyatga ega emasligini aytdi.

"Ushbu turdagi raketalar hali ham alohida harbiy nishonlar uchun samarali bo‘lishi mumkin edi, biroq o‘zimizning innovasiyalarimiz tufayli muhokamalar o‘zgardi va Ukraina endi TAURUS'ga u qadar qattiq muhtoj emas.

Biz allaqachon anchadan beri bu borada o‘z imkoniyatlarimizga egamiz — dronlar va qanotli raketalar yordamida Rossiya ortidagi 1500 dan 2000 kilometrgacha bo‘lgan chuqurlikdagi nishonlarga zarba bermoqdamiz", — deya tushuntirdi ukrain diplomati "Tagesspiegel" gazetasiga bergan intervyusida.

Makeev, shuningdek, Germaniya va Yevropaning boshqa kompaniyalari bilan birgalikdagi ishlab chiqarish istiqbolda Tomahawk raketalarining o‘rnini bosishi mumkinligi haqidagi fikrni bildirdi (AQSh ma’muriyati bayonotiga ko‘ra, ushbu raketalarni endi Germaniya hududida joylashtirish rejalashtirilmayapti).

"EI va NATO Yevropa qit’asida Rossiyani tiyib turish uchun o‘z harbiy salohiyatiga ega bo‘lgan Ukraina ularga juda zarurligini borgan sari chuqurroq anglamoqda", — deya ta’kidladi elchi.

Kiritildi: Bugun 12:52. O'qildi: 358 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!