Bu haqda Handelsblatt xabar berdi.
Ular konservativ CDU/CSU bloki va o‘ng qanot populistik Germaniya uchun alternativ (AfD) partiyasi o‘rtasidagi hamkorlikka qarshi chiqishdi . Xuddi shunday aksiyalar Germaniyaning boshqa shaharlarida ham bo‘lib o‘tdi.
Tashkilotchilar ushbu tadbirni “Xavfsizlik devori uchun miting” deb atashgan. Xavfsizlik devori barcha tomonlar AfD bilan har qanday hamkorlikdan voz kechishi kerakligini anglatadi. Namoyishchilarning fikricha, CDU/CSU bu tamoyilni buzgan.
Yanvar oyi oxirida Germaniya kansleri lavozimiga CDU/CSU nomzodi Fridrix Merz migrasiya siyosatini kuchaytirish niyati borligini ma’lum qildi.
Bundestagda uning taklifi AfD tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, biroq bir necha kundan keyin qonun loyihasi rad etildi.