Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Berlin yodgorliklari energiyani tejash uchun zulmatga cho‘mdi

A A A
Berlin yodgorliklari energiyani tejash uchun zulmatga cho‘mdi

Berlin hukumati energiyani tejash maqsadida 200 ta binoning fonusini o‘chirishga qaror qildi.

Bu haqda “Euronews” xabar berdi. Dastlab iyul oyi oxirida Germaniya poytaxtining oltita diqqatga sazovor joyi zulmatga botdi.

Ayni dam Davlat opera teatri va Berlin meriyasi yoritilgan, boshqalarning taqdiri ham tez orada hal bo‘ladi.

Bir oy ichida shahar elektr kompaniyasi xodimlari 1400 ta projektorni o‘chiradi.

Har kuni 100-120 ta chiroq foydalanishdan chiqariladi, ammo yoritgichlarni umuman uzib tashlash ko‘zda tutilmagan.

Kiritildi: 17:57 15.08.2022. O'qildi: 1967 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!