Karim Benzema Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi bilan o‘zaro kelishuv asosida shartnomasini bekor qildi va jamoani tark etdi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 38 yoshli fransiyalik hujumchi yaqin vaqt ichida kelajakdagi rejalari haqida ma’lum qiladi. U ikki variantni ko‘rib chiqmoqda: faoliyatini yakunlash yoki Saudiya Arabistonining boshqa klubida faoliyatini davom ettirish.
Shu bilan birga, Yevropaga qaytish varianti istisno qilingan.