Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Bemorning qonini ko‘rgan vrachlar dahshatdan qotib qolishdi…

Bemorning qonini ko‘rgan vrachlar dahshatdan qotib qolishdi…

Ha, hayotda hali hech kim bunday manzaraga tasodifan ham duch kelmagan. Kanadalik vrachlar esa shu dahshatni shaxsan boshdan kechirishdi. Jarrohlik stoliga yotqizilgan bemorning qoni haqiqatan to‘q yashil rangda edi. Vaholanki, to‘q yashil rangdagi qon faqat o‘zga sayyoraliklargagina tegishli.

Harqalay mutaxassislar o‘zlarini qo‘lga olib to‘q yashil qonni tahlil qilishdi. Natija ayon bo‘ldi. Bemor sulfogemoglobinemiya xastaligi bilan og‘rigan ekan. Eslatib o‘tamiz, bu jarayonda oltingugurt atomlari gemoglabin bilan qo‘shilib, uning strukturasini o‘zgartirib yuboradi. Natijada qon rangi to‘q yashil tusga kiradi.

Kanadalik bemor migrenga qarshi dorini me’yoridan ko‘p iste’mol qilgani sababli ham shu xastalikka chalingan ekan. Vrachlar bemorga migrenga qarshi dori ichmaslikni maslahat berishdi. Ko‘ribsizki, bir hafta deganda uning qoni azaliy rangiga qaytdi.

Manba: zamin. uz

Kiritildi: 13:10 14.10.2018. O'qildi: 3344 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!