Ma’lum qilinishicha, portlash 9 martga o‘tar kechasi Lej shahrida sodir bo‘lgan. Jabrlanganlar yo‘q. Sinagoganing old tomonida va qarshidagi uylarda oynalar singan.
Hodisa bo‘yicha tergovni Lej polisiyasining aksilterror bo‘linmasi olib bormoqda.
Shahar meri Villi Demeer portlashni "antisemitizm akti" deb atadi.
"Tashqaridan mojarolar shahrimizga kirib kelishi mumkin emas”, — deya qo‘shimcha qildi shahar meri.