Belgiya bosh vaziri Aleksandr de Kroo ofisining xodimi 22 noyabr kuni zaharli modda ta’sirida shifoxonaga yotqizilgani ma’lum bo‘ldi.
Qayd etilishicha, ushbu modda bosh vazir qarorgohiga olib kelingan qog‘oz maktub ichidan chiqqan. Shu kabi maktublardan yana bir nechtasi 20 noyabrdan 9 dekabrga qadar Belgiya IIV binosidan topilgan.
«U maktubni ochgan va jabr ko‘rgan. Shundan keyin uni shifoxonaga olib borishgan. Boshqa hech kimga zarar yetmadi… Hozir hamkasbimiz o‘zini yaxshi his qilmoqda. Yana shu kabi yangi holatlar yuz bermasligi uchun xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilindi», — deydi Belgiya bosh vazirining matbuot kotibi Barend Leyts.
Belgiya prokuraturasining Le Soir nashriga ma’lum qilishicha, bosh vazir ofisi va IIV binosidan topilgan maktublar ichidagi zaharli modda strixnin bo‘lgan. U organizmga tushsa, o‘limga olib kelishi mumkin. Prokuraturga ko‘ra, zaharga tegingan xodimlarning qo‘li kuygan.
Tergov davom etmoqda