Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Belarus Ukrainadagi harbiy harakatlarga qo‘shilishga tayyorlanayotgani aytilmoqda

Belarus Ukrainadagi harbiy harakatlarga qo‘shilishga tayyorlanayotgani aytilmoqda

G‘arb ommaviy axborot vositalarida Belarusning Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operasiyasida ishtirok etishi mumkinligi haqidagi xabar yana tarqalmoqda. Bu safar CNN xuddi shunday mazmundagi materialni chop etdi.

Amerika OAVlari AQSh va NATOning nomi oshkor etilmagan vakillariga tayanib, Belarus tez orada Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operasiyasiga qo‘shilishga tayyorlanayotganini da’vo qilmoqda.

"Ajablanarlisi, shu bilan birga, telekanal manbalari Belarus qo‘shinlarining Ukrainadagi operasiyada ishtirok etishga tayyorlanayotgani alomatlarini ko‘rmayotganliklarini tan olishadi, deb xabar beradi “RIA Novosti”, deb yozmoqda BELTA.

BELTA Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning 2021 yil kuzida xuddi shu CNN jurnalisti Metyu Chansga bergan shov-shuvli intervyusini eslatdi.

“Metyu, yolg‘on gapiryapsan”, degandi Lukashenkl o‘shanda savollardan biriga javob berar ekan.

Kiritildi: 11:08 23.03.2022. O'qildi: 4831 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!