Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Bekzod Qurbonovning yana bir muvaffaqiyati

A A A
Bekzod Qurbonovning yana bir muvaffaqiyati

Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahridagi “Butheeb International Endurance Village” klubida ot sportining konkur yo‘nalishida “CS13*” xalqaro turnir o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Bekzod Qurbonov muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Chavandozimiz dastlab, “SANTOS HIPPICA” laqabli oti bilan turnirning 135 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash dasturida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Bekzod Gran-pri darajasidagi mazkur musobaqaning 145 sm yo‘nalishda esa “MATTS V.G.” tulpori bilan bronza medaliga ega chiqdi.

Ma’lumot uchun, musobaqada terma jamoamiz tarkibida Bahromjon G‘oziyev, Abdurahmon Abdullayev va Bekzod Qurbonov qatnashdi.

Kiritildi: 09:25 26.02.2024. O'qildi: 964 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!