Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Bektemir Meliqo‘ziyev ilk chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi

Bektemir Meliqo‘ziyev ilk chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi

Professional boksning super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev (4-0, 3 KO) navbatdagi jangida ham g‘alaba qozondi.

Havaskor boksda Olimpiada va jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni bo‘lgan bokschi Kaliforniyada bo‘lib o‘tgan jang oqshomida amerikalik Vaugin Aleksanderga (15-4, 9 KO) qarshi jang qildi. Meliqo‘ziyev 10 raundlik jang yakunida hakamlar qarori bilan (100:90, 100:90, 100:90 )hisoblarida g‘alabaga erishib, «WBA Continental Americas» kamari sohibiga aylandi. Bu uning professional boksdagi ilk kamari bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Meliqo‘ziyev 2 noyabr kuni amerikalik Kley Kollardni (4-2-3, 1 KO) to‘rtinchi raundda texnik nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgandi.

 

 

Kiritildi: 12:20 15.12.2019. O'qildi: 1966 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!