Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Baydenda qanday kasalliklar aniqlandi?- tibbiy ko‘rik xulosasi

Baydenda qanday kasalliklar aniqlandi?- tibbiy ko‘rik xulosasi

Prezidentning shaxsiy shifokori Kevin O’Konnorning aytishicha, 79 yoshli Baydenda periferik neyropatiya (periferik asablar buzilishining namoyon bo‘lishi) hamda ichaklarida bir nechta poliplar aniqlangan. Baydenga oyoqning yengil periferik sensorli neyropatiyasi tashxisi qo‘yilgan. Kasallik miya va orqa miya tashqarisida joylashgan hamda ulardan tananing boshqa qismlariga ma’lumot uzatuvchi nervlarning shikastlanishi tufayli yuzaga keladi. Uning belgilari zaiflik, uyqusizlik, og‘riq bo‘lishi mumkin.

«Baydenda neyropatiya kasalligi yuzaga kelishi sababi aniq emas. Bu kasallik, odatda, diabet, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish yoki B12 vitamini yetishmasligi sabab yuzaga keladi. Prezidentda esa bu sabablarning birortasi kuzatilmagan», — deydi Kevin O’Konnor.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda prezident aritmiya, giperlipodemiya (qondagi yog‘lar yoki lipidlarning ortiqcha konsentrasiyasi), mavsumiy allergiya va orqa miya artritidan aziyat chekadi.

Kiritildi: 12:54 20.11.2021. O'qildi: 3885 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!