AQSh prezidenti Jo Bayden ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi . Muzokaralar 26 sentyabr kuni bo‘lib o‘tdi. C -SPAN xabar beradi .
Uchrashuv taxminan bir soat davom etdi, shundan so‘ng Ukraina prezidenti AQSh vise-prezidenti Kamala Xarris bilan matbuot anjumanida qatnashdi .
Amerika rahbarining aytishicha, Qo‘shma Shtatlar Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Shuningdek, u 2,4 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi. Bundan tashqari, Oq uy rahbari AQSh Kongressi tomonidan allaqachon ajratilgan 5,5 milliard dollarni Ukrainaga o‘tkazishga va’da berdi .
Ukraina prezidenti Oq uy rahbariga AQShning ikki partiyaviy yordami uchun minnatdorlik bildirdi.