AQSh prezidenti Jo Bayden saraton kasalligidan vafot etgan to‘ng‘ich o‘g‘lini Iroqda vafot etgan deb yubordi va bu bilan xatoga yo‘l qo‘ydi.
“Tasavvur qiling-a, men buni chin dildan aytyapman. Men buni Iroqda halok bo‘lgan "Bronza yulduzi" medali bilan taqdirlangan odamning otasi sifatida aytaman”, - dedi Bayden Koloradoda milliy yodgorlik ochilishida qilgan chiqishida.
Ma’lumot o‘rnida, AQSh prezidentining to‘ng‘ich o‘g‘li Jozef “Bo” Bayden 2015 yilda saraton kasalligidan vafot etgan.
Bu 79 yoshli Amerika prezidentining nutqida birinchi marta xatoga yo‘l qo‘yishi emas. Masalan, oldin u o‘zining vise-prezidenti Kamala Xarrisni prezident deb yuborgan, Suriya va Liviyani adashtirib yuborgan.