Amerika yetakchisi Jo Bayden AQShda prezidentlikka eng tayyor odam ekanligini aytdi.
Bu haqda u Oq uydagi chiqishi chog‘ida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, amerikalik yetakchiga jurnalistlardan biri nima uchun u AQShdagi eng yuqori hukumat lavozimiga demokrat nomzod bo‘lishi kerakligi haqida so‘ragan.
"Chunki men bu mamlakatda prezident bo‘lish va boshlagan ishimni tugatish uchun eng malakali odamman", deb javob berdi Bayden.