AQShning yangi prezidenti bo‘lishi kutilayotgan Jozef Bayden Donald Trampning qarorini bekor qilishga va’da berdi.
Xabaringiz bor, Tramp koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli AQShning JSSTdan chiqqanligi va tashkilotni moliyalashtirishni to‘xtatganligi haqida e’lon qilgandi. Bayden JSST direktori bilan suhbati chog‘ida bu qarorni bekor qilishga va’da berdi. Ya’ni Bayden davrida AQSh JSSTga yana a’zo bo‘ladi. O‘z navbatida JSST rahbari Baydenni prezidentlik bilan tabrikladi.