AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya bilan muloqot orqali NATO birligiga putur yetkazmoqda . Bu haqda AQShning sobiq prezidenti Jo Bayden ABC telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi .
"Menimcha, u, ochig‘ini aytganda, Qo‘shma Shtatlar nomidan juda yomon ish qildi. Dunyo tarixidagi eng buyuk ittifoq NATO ekanligini bilasiz. Tramp esa uni portlatib yubordi", - dedi u.
Bayden, shuningdek, Trampni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan aloqalaridan tortinmagani uchun tanqid qildi . Sobiq prezident Putinni “45 yildan ortiq vaqtdan beri” bilishini va uni “diktator” deb ataganini qo‘shimcha qildi.