Bugun 3 iyul, 2024 yil, chorshanba

КИР

Bayden Tramp bilan debatda yaxshi ishtirok etmaganini tan oldi — Reuters

Bayden Tramp bilan debatda yaxshi ishtirok etmaganini tan oldi — Reuters

AQSh prezidenti bu haqda Shimoliy Karolinadagi saylovoldi mitingida aytdi.

"Men endi yosh emasligimni bilaman. Bilaman, men avvalgidek bemalol yurmayman, avvalgidek ravon gapirmayman, avvalgidek qizg‘in bahslashmayman, lekin nima qilayotganimni bilaman. Men haqiqatni qanday aytishni bilaman", — deya bunga izoh berdi prezident.

Bayden, shuningdek, bor e’tiborini prezidentlik saylovida g‘alaba qozonishga qaratganini aytdi.

"Agar men bu ishni uddalay olishimga butun qalbim bilan ishonmaganimda, saylovda o‘z nomzodimni ilgari surmagan bo‘lardim", — deya qo‘shimcha qildi Bayden.

Kiritildi: 08:43 29.06.2024. O'qildi: 761 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!