Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Bayden: Rushdiyga suiqasddan dahshatga tushdim

Bayden: Rushdiyga suiqasddan dahshatga tushdim

AQSh Prezidenti Jo Bayden va uning rafiqasi Jill Bayden britaniyalik yozuvchi Salmon Rushdiyga qilingan hujumdan dahshatga tushganini bildirdi:

– Jill va men Salmon Rushdiyga shafqatsizlarcha hujum qilingani haqidagi xabardan hayratda va qayg‘udamiz. Biz barcha amerikaliklar va butun dunyo ahli bilan birga uning sog‘lig‘i va tezroq tuzalib ketishi uchun duo qilamiz.

Amerika yetakchisining yozma bayonotini Oq uy matbuot xizmati tarqatdi.

Bayden Rushdiyga birinchi yordam ko‘rsatgan xodimlarga va hujumchini qo‘lga tushirishda qatnashgan barchaga minnatdorlik bildirdi.

Juma kuni noma’lum shaxs tomonidan Nyu-York g‘arbidagi “Chautauqua” ilm markazida ma’ruza o‘qishga tayyorgarlik ko‘rayotgan Rushdiyga pichoq bilan hujum qilingandi. O‘sha kundan beri yozuvchi kasalxonada qolmoqda.

Kiritildi: 09:38 15.08.2022. O'qildi: 3425 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!