Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Bayden qancha soliq to‘lagani ma’lum bo‘ldi

Bayden qancha soliq to‘lagani ma’lum bo‘ldi

Oq uy AQSh prezidenti Jo Bayden va birinchi xonim Jill Bayden 2023 yilda qancha soliq to‘lashganini ochiqladi.

Ularning birgalikdagi soliq deklarasiyasiga ko‘ra, 2023 yilda prezident oilasi jami $619,9 ming daromad olgan, shundan $146,6 mingi federal soliqlar sifatida to‘langan.

Hujjatlardan anglash mumkinki, prezidentning daromad solig‘i stavkasi 23,7 foizni tashkil qilgan. Bundan tashqari, Bayden oilasi ularning shaxsiy uyi joylashgan Delaver shtatiga 30,9 ming dollar, Jill Bayden esa Virjiniya shtatiga $3,5 ming soliq to‘lagan. Prezident va birinchi xonim taxminan $20,5 mingni xayriya qilishgan. Xayriya mablag‘lari 17 ta xayriya tashkilotiga o‘tkazib berilgan.

Bayden 2022 yil uchun taqdim etgan soliq deklarasiyasida oilasining yillik daromadi $579,5 ming ekani ko‘rsatilgandi.

Kiritildi: 07:43 16.04.2024. O'qildi: 1291 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!