Oq Uyning bildirishicha, AQSh prezidenti Jo Bayden rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga bir qator masalalarda e’tiroz bildirgan.
Ta’kidlanishicha, Vashington Moskvani kiber kosmik sohasida qabul qilinmaydigan harakatlar sodir etsa, oqibati jiddiy bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantirgan. Shuningdek, AQSh Rossiyada ushbu sohada qabul qilinishi mumkin bo‘lmagan narsa uchun aniq chegaralarni belgilab qo‘ydi.
Bayden, shuningdek, Vladimir Putinni AQShning Moskvadagi elchixonasi ishiga amaliy va moslashuvchan yondashishga chaqirdi. Avvalroq ikki mamlakat elchilari o‘zlarining kasb vazifalariga qaytishayotgani ma’lum bo‘lgan edi.