Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Bayden prezidentlik davridagi imzolari uchun tergov qilinadi

Bayden prezidentlik davridagi imzolari uchun tergov qilinadi

AQSh prezidenti Donald Tramp sobiq prezident Jo Baydenning ruhiy salomatligi yashirilgani va avtokalam orqali qarorlar imzolangani haqida tergov o‘tkazishni buyurdi. Bayden esa bu ayblovlarni rad etib, barcha siyosiy qarorlar shaxsan o‘zi tomonidan qabul qilinganini bildirdi.

Trampning Oq uy maslahatchisiga yo‘llagan memorandumida Baydenning prezidentlik davridagi imzolarining haqiqiyligi va qarorlarning qonuniyligi shubha ostiga olingan. U avtokalam orqali imzolangan hujjatlarni, bu qurilmani ishlatish buyrug‘ini kim berganini va Baydenning salomatligi haqidagi ma’lumotlarni yashirish harakatlarini tekshirishni talab qilmoqda.

Baydenning jamoasi avtokalamdan foydalanish qonuniy amaliyot ekanini ta’kidladi. Bayden esa bayonotida shunday dedi: «Men prezidentligim davrida barcha qarorlarni shaxsan qabul qildim. Hech kim meni o‘rnimga bunday faoliyat yuritmagan».

Ayni vaqtda Bayden rak kasalligiga qarshi kurashmoqda. U 2024 yilda Kamala Xarrisga partiya nomzodligini topshirgan va Tramp 2025 yilda o‘tkazilgan saylovda uni mag‘lub etgan edi.

Trampning ushbu tergov boshlashi uning Baydenga nisbatan tanqidini yangi bosqichga olib chiqdi. U Baydenning aqliy holati zaiflashganini bir necha bor omma oldida ta’kidlagan va bu holatni Bayden qarorlarini haqiqiyligiga ta’sir qiluvchi omil sifatida ko‘rsatgan.

Adliya vazirligidagi manbalarga ko‘ra, tergov Bayden avtokalam orqali raqamli imzo bilan amnistiya va boshqa huquqiy harakatlarni amalga oshirganini ham o‘rganadi.

Kiritildi: 17:03 05.06.2025. O'qildi: 563 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!