"Jo Bayden AQSh prezidentiga aylangan taqdirda, sog‘ligidagi muammolar sababli uzoq vaqt «hukmronlik» qila olmaydi va kelgusi yilda uning o‘rnini ayol vise-prezident Kamala Xarris egallashi mumkin", dedi Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi xalqaro munosabatlarni o‘rganish markazi rahbari Valeriy Timoshenko.
“Oradan olti oy yoki bir yil o‘tgach baribir sog‘lig‘i sababli Bayden «taxtdan» ketadi va Kamala Xarris avtomatik ravishda prezident bo‘ladi. Bu muammo uning uchun ahamiyatsiz. Bayden, mening fikrimcha, unchalik qobiliyatli nomzod emas”, – dedi Timoshenko.