Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Bayden Pentagonga majburiy emlash rejasini tuzishni buyurdi

Bayden Pentagonga majburiy emlash rejasini tuzishni buyurdi

"Men Mudofaa vazirligiga, COVID-19 ga qarshi harbiylarni emlash rejasini ishlab chiqishni topshiraman. Iloji boricha mamlakatni jiddiy tahdidlardan himoya qiladigan harbiy kiyimdagi ayol va erkaklarimiz koronavirusdan himoyalangan bo‘lishi zarur. Chunki ular ayni damda butun dunyoda, ayniqsa, ko‘pchiligi emlash darajasi past va kasallik keng tarqalgan hududlarda xizmat qilmoqda”, deydi Amerika rahbari.

Shuningdek, u AQShda koronavirusdan vafot etgan 10 000 kishidan 9 950 tasi emlanmagan ekanini ta’kidlab, vatandoshlarini hal qiluvchi choralar zarurligiga ishontirishga urindi.

"Vaksinalar xavfsiz, yuqori darajada samarali. Demokratlar hamda respublikachilar o‘rtasidagi qarama-qarshilikning bu bilan hech qanday aloqasi yo‘q. Vaksinasiya tom ma’noda hayot va o‘lim masalasidir”, deydi Jo Bayden Oq uydagi nutqida.

Kiritildi: 14:12 30.07.2021. O'qildi: 1412 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!